“Kitobxon ona — ma’rifatli oilaning ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📚📚Joriy yilning 29-oktabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Sharof Rashidov tumani Qaxramon mahallasidagi oilalarda “Kitobxon ona — ma’rifatli oilaning ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatimizda kitobxonlikning oilaviy tarbiyadagi o‘rni, farzandlarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish hamda oilada mutolaa madaniyatini rivojlantirish haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kitobxon ona farzandlari uchun eng yaxshi namuna ekanligi, kitob orqali bolalarning dunyoqarashi kengayib, ma’naviy olami boyib borishi ta’kidlandi.
Suhbat davomida kitobxonlikning inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashilib, onalarni farzandlari bilan birgalikda kitob mutolaa qilishga undashga alohida e’tibor qaratildi.
Kitobxon ona — ma’rifatli oilaning tayanchi, kitobsevar farzand esa yurt kelajagining bunyodkoridir.